Biografiya
Men – Yusupov Fozilbek Shixnazarovich, 17 yillik tajribaga ega advokatman. Faoliyatim davomida jinoyat huquqi, mehnat huquqi, iqtisodiy huquq, ma’muriy nizolar va yuridik xizmatlar sohalarida samarali ish olib boryapman. Mening asosiy maqsadim – mijozlarimning huquq va manfaatlarini qonuniy asosda himoya qilish, ularga adolatli va samarali yuridik yordam ko‘rsatishdir. Bugungi kungacha 200 dan ortiq sud va tergov ishlarida ishtirok etganman, va ularning 90% dan ortig‘ida ijobiy natijaga erishganman. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondashib, kuchli huquqiy tahlil va himoya strategiyalarim orqali mijozlarimga eng yaxshi natijani taqdim etishga intilaman. Quyidagi yo‘nalishlarda yuridik xizmatlar ko‘rsataman: ✅ Jinoyat huquqi – sud va tergov jarayonlarida huquqiy himoya ✅ Mehnat huquqi – ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish ✅ Iqtisodiy huquq – biznes va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy masalalarni hal etish ✅ Ma’muriy nizo va huquqbuzarliklar – davlat organlari bilan yuzaga kelgan nizolar bo‘yicha himoya ✅ Yuridik xizmatlar – huquqiy maslahatlar, shartnomalar tuzish va hujjatlar tayyorlash Har bir mijozimga individual yondashib, ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish uchun bor bilim va tajribamni safarbar qilaman.


