Platforma orqali onlayn mijozlarni topib, ular bilan o’z tajribangiz va mahoratingizni baham ko’ring. Onlayn xizmatlar va konsultatsiyalarda foydalanuvchilarga yordam berish orqali daromad imkoniyatlaringizni oshiring.
Ro’yxatdan o’tishBilim va tajribangizni hujjatlar, arizalar, savol-javoblar hamda onlayn kurslar orqali raqamli mahsulotga aylantiring. O‘z bilimingizni minglab foydalanuvchilarga yetkazib, barqaror daromad manbaini yarating.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn konsultatsiyalar o‘tkazing, foydalanuvchilarning real muammolariga professional yechimlar bering. O‘z tajribangiz bilan odamlar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsating va professional obro‘yingizni oshiring.
Har bir ko‘rsatilgan xizmat va maslahat sizga daromad keltiradi. Qancha ishlashingiz va qancha topishingizni o‘zingiz belgilang. Bilimingizni real daromadga aylantirib, moliyaviy oqimingizni mustahkamlang.

Platformaning makros tizimi orqali mijozga moslashtirilgan ariza va hujjatlar bir necha soniyada avtomatik shakllantiriladi.
Mutaxassislar va mijozlar uchun vaqt tejaladi va qulaylik yaratiladi.

Mutaxassislar daromadlari platforma shartnomasi asosida har oyning yarmida va oxirida hisoblanib, bank hisob raqamlariga o‘z vaqtida o‘tkazib beriladi. To‘lovlar xavfsiz, jarayon esa shaffof.

Mutaxassislar o‘z xizmatlari, hujjatlar namunasi, avtomatik arizalar, video kurslar, savol-javob paketlari va boshqa elektron mahsulotlarini platformada osongina sotishlari mumkin. Hammasi bitta ekotizimda.

Biznes Darcha sizni kerakli auditoriya bilan bog‘laydi. Profil, reyting va sharhlar orqali ishonchingiz oshadi, mijozlar esa sizning sifatli xizmatlaringizni tez topadi.
Platforma sizga sotuvlar, kirim–chiqimlar, eng ko‘p sotilayotgan mahsulotlar, eng faol mijozlar va o‘sish tendensiyalari bo‘yicha to‘liq analitikani taqdim etadi. Qarorlaringizni aniq ma’lumotlarga asoslab qabul qiling.
