OʼQITUVChINING KАSBIY FАOLIYATIGА АRАLISHISHGАNLIKKА JАVOBGАRLIK MАVJUD.

OʼQITUVChINING KАSBIY FАOLIYATIGА АRАLISHISHGАNLIKKА JАVOBGАRLIK MАVJUD.

2025-04-30

|

Savol ID: 000405

Kategoriya: Mehnat shartnomasini o‘zgartirish munosabatlari

Muallif: SHONAZAROV MARDON XUSHNAZAR O‘G‘LI

Qisqa javob

Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksda ham belgilangan boʼlib, 197 prim 5-moddaga asosan oʼn baravaridan oʼn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Misol shablon:

Document preview

To'liq javob

"Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunning 5-moddasida pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish, uning faoliyatini asossiz ravishda tekshirish, pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek unga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilish qat’iyan taqiqlanadi.  Ushbu Qonunning 6- moddasida pedagogning huquqlari keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ta’lim tashkiloti tomonidan pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, pedagog ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmagan holda, o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatib, sudga bevosita murojaat qilishga haqli.  Xuddi shunday qoida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ham belgilangan bo‘lib, 197 prim 5-moddaga muvofiq ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ma'lumotnoma

Bo'sh